avatar
Куч
25.64
Рейтинг
+10.91

Мақолалар

Dilimdagilar

Шоҳ ва шоир
Шеърият ва адабиёт
       Dildagi so’zlar
So’zlarim labimdan uchmayin hali,
Qarog’ing  qariga singdi-yu ketdi.
Muxabbat otashi yondirgan qalblar,
Azobdan o’rtanib tug’yonga yetdi.
Sevgingni yashirma-hayqirgin, toshgin,
Butun ovozingni qo’yib barilla.
Yo’qsa uning o’ti kuydirar beshak,
Ko’zlardan shashqator yosh oqqan palla.
Faqat yoz oqshomin mayin nasimi,
Tanga orom berib mayin esadi.
Muxabbat azobin tortgan qalblarchi?
O’rtanar- alanga tig’I kesadi!
Bundan xabardormiz sen-u men olam,
 
Topilarmi da’vo- yetgaymi  nolam.

Navoiy armoni

Шоҳ ва шоир
Шеърият ва адабиёт
 Navoiy armoni
Shahzoda Mo’min mirzo o’ldirilgan hijriy to’qqiz yuz uchinchi yilning safar oyida – 1497 sananing erta bahorida Mir Alisher Navoiy Mashhadda edi. U bir paytlar o’zi saboq olgan bu kentga Imom Rizo maqbarasini ziyorat qilishga borib, yetim-yesirlarga saqat ulashadigan g’alvurxona qurilishini boshlatgan, shu bois, bir oz ushlanib qolgan edi.


Navjuvon shahzodaning shafqatsizlarcha qatl etilganini Hirotga qytayotganda eshitib, Mir Alisher bag’oyat qattiq qayg’urdi va unga peshvoz chiqqan yoru-birodarlariga nadomat bilan. «Bir vaqtlar Shayx Majdiddin Bag’dodiyning o’ldirilishi oqibatda Chingizxon bosqinidan Movarounnahr va Xuroson qanday qirg’inbarotga uchragan bo’lsa, Mo’min mirzoning o’ldirilishi oqibati ham xuddi shunday falokatlardan darak beradur», — deb aytdi. Mir Alisher bunday qabixona qotillik – boboning o’z nabirasini o’ldirishga fatvo berishi saltanat inqirozining ibtidosi ekaniga ishora qilganini payqagan Sulton Husayn Boyqaro qattiq g’azablandi. Ammo g’azabini ichiga yutdi. Zero, podshoh shahid shahzoda otasi, to’ng’ich o’g’li Badiuzzamon mirzo xun qasdida albatta isyon boshlashini bilar, bunday sharoitda Mir Alisher bilan ora buzilishini xohlamas edi.

G'azal mulkining Sultoni

Шоҳ ва шоир
Шеърият ва адабиёт
 
http://kitob.uz/fotos/5402navoiy.jpeg
Alisher Navoiy
Buyuk mutafakkir shoir, olim va davlat arbobi Alisher Navoiy 1441- yil 9-fevralda (hijriy 844-yil ramazon oyining o'n yettinchisida) Hirotning Bog'i Davlatxona atalmish joyida xizmatchi oilasida dunyoga keldi.
Buyuk mutafakkir shoir, olim va davlat arbobi Alisher Navoiy 1441- yil 9-fevralda (hijriy 844-yil ramazon oyining o'n yettinchisida) Hirotning Bog'i Davlatxona atalmish joyida xizmatchi oilasida dunyoga keldi.
Alisherning ota tomonidan bobosi Amir Temurning o'g'Ii Umarshayx bilan emikdosh1 bo'lib, Boyqaro Mirzo hukmdorligi davrida Qandahorda amir bo'lgan. Mana shunga asoslanib aytish mumkinki, Alisherning ota-bobolari hamisha temuriylar saroyida e'tiborli kishilar bo'lganlar.
Alisher bolaligidanoq o'tkir zehnli, bilimga chanqoqligi va she'riyatga mehr qo'yganligi bilan tengdoshlari orasida alohida ajralib turgan. U to'rt-besh yoshlaridanoq, Qosim Anvorning g'azallarini, Shayx Sa'diyning «Guliston» va «Bo'ston», Fariddiddin Attorning «Mantiq ut-tayr» kabi asarlarini berilib o'qigan.

Qiziqarli ma'lumot

Халқаро симпозиум
Халқаро янгиликлар
Afrika qit'asi haqida qiziq malumotlar
 
Biz ko’pincha inson qadami etmagan o’rmonlar haqida gapiramiz, lekin inson tomonidan hali o’rganilmagan bo’g’ozlar ham bormikan? Ha, o’nlab, yuzlab, qancha kerak bo’lsa bor, lekin ularning ko’pchiligi judayam tor yoki judayam qisqa, shuningdek qo’pol qilib aytganda hech kimga qiziq emas
 

Bedil

Ajiniyoz nomidagi NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Илм-фан
 
Sharqning ulkan va zabardast shoirlari sirasidan munosib o’rin egallagan Mirzo Bedil fors-tojik adabiyotida mumtoz adib, jamiyatshunos va tabiatshunos, faylasuf olim sifatida shuhrat qozongan mutafakkirdir. Mirzo Bedil o’zining serqirra poetik ijodi bilan Hindiston, Afg’oniston va O’rta Osiyo xalqlari ijtimoiy-siyosiy va badiiy tafakkuri tarixida muhim rolь o’ynagan, hayotligidayoq Hindistonning fozil va donishmandlari, she’rshunos va tazkiranavislari diqqatini o’ziga jalb etgan faylasuf shoirdir.
Tarjimai hol
Sharqning ulkan va zabardast shoirlari sirasidan munosib o’rin egallagan Mirzo Bedil fors-tojik adabiyotida mumtoz adib, jamiyatshunos va tabiatshunos, faylasuf olim sifatida shuhrat qozongan mutafakkirdir. Mirzo Bedil o’zining serqirra poetik ijodi bilan Hindiston, Afg’oniston va O’rta Osiyo xalqlari ijtimoiy-siyosiy va badiiy tafakkuri tarixida muhim rolь o’ynagan, hayotligidayoq Hindistonning fozil va donishmandlari, she’rshunos va tazkiranavislari diqqatini o’ziga jalb etgan faylasuf shoirdir.

Jaloliddin Rumiy

Арбоблар
Жамият


Jaloliddin Rumiy Muhammad ibn Bahouddin Muhammad al-Balxiy (1207-1273) shoir, mutafakkir, mavlaviylar (Mavlaviya) tariqatining norasmiy shayxi. Jaloliddin Rumiy hozirgi Afg‘onistonning Balx shahrida, sultonal ulamo laqabini olgan ulug‘ shayx Muhammad Bahouddin Valad xonadonida dunyoga kelgan. Otasi Bahouddin Valad so‘fiylar va fiqh donishmandi bo‘lgan.

Tarjimai hol

Jaloliddinning onasi esa xorazmlik sayyidalaridan, ya’ni shajarada, u Muhammad Payg‘ambarga bog‘lanar, yana kimsan – xorazmshohning qizi edi. Xorazmshoh bilan kelisholmagan Valad, oilasi, muridlarini olib, Balxdan chiqib ketadi va Makka safaridan so‘ng Iroqu Ajam shaharlarini kezib, Turkiyaning Kunya (Konya) shahrida qo‘nim topadi. Saljuq sultonlari tarafidan izzat-ikrom bilan qabul qilingan Bahouddin Valad shu yerda muqim turib qoladi. Rumiy otasining vafotidan so‘ng, uning o‘rniga Kunya madrasasining bosh mudarrisi bo‘ladi.

Jaloliddin Rumiyning tasavvuf olamiga kirib kelishi Shayx Farididdin Attorning bashorati bilan bo‘lganini uning ilk tafsirchilaridan Husomiddin Chalabiydan tortib, Davlatshoh Samarqandiygacha bir ovozdan tasdiqlaydilar: Ka’ba ziyoratiga yo‘l olgan Bahouddin Valad va uning o‘g‘li Nishopurga yetganidan xabar topib, Shayx Attor ziyoratchilarning qarshisiga chiqadi. 

Abdulla Avloniy

Sherlardan...
Шеърият ва адабиёт
        MAKTAB HAQINDA
Biling, o'g'lonlarim, sizlarni g'amdan qutqarur maktab,
Siroti mustaqim, rohi adamdan qutqarur maktab,
Maishat bobida ranj-u alamdan qutqarur maktab,
Hayot-u ruha dushman jahli samdan qutqarur maktab,
Qo'lingga bir kuni muhri Sulaymonni berur maktab,
 Shahodatnomayi firdavsi g'ilmonni berur maktab.
 
Taraddud birla doim dur oling daryoyi maktabdan,
Tering jon rastasig'a xo'b zabarjadhoyi maktabdan,
Topar maqsudini har kim qidirsa loyi maktabdan,
Umidum shul, jo'juqlar, uzmasanglar poyi maktabdan —
Qo'lingga bir kuni muhri Sulaymonni berur maktab,
Shahodatnomayi firdavsi g'ilmonni berur maktab.

Abdulla Avloniy

Sherlardan...
Шеърият ва адабиёт
                              BIZ, MILLAT
Na xo'rliq, na kasolat? — Doimo afgor biz, millat,
Hamagul dasta qilsa. Ne terarmiz? — Xor, biz, millat.
Jaholat qaziyasi do'ndurdi istiqboli rifatdan,
Ma'oz-illoki, na iqror, na inkor — biz, millat.
Tutub selobi g'aflat mavji g'amg'a tashladi, hayhot,
Jahon Jayhunlarig'a to'mayi tayyor — biz, millat.
Tamaddunfeshalikdan o'zgalar ruhi mujassamdur,
Hayota qobil ermas, surati devor — biz, millat.
Hamailm-u hunar asbobini olmaqni istarsa,
Chafon, chalma, riyo sotmoqg'a xo'b tujjor — biz, millat.
 
Tafakkur soyasida o'zgalar shahd-u shakar ersa,
Tururmiz baqrayib har go'shada bekor — biz, millat.
May-u minosini tark aylasa ag'yor, bizlar, oh,
Ichib jomi jaholatdan, hamisha zor — biz, millat.
Hamakasb-u kamolot etsa hosil ilm-fan birla,
Shifirguchi, yamoqchi, xayrchi — ko'b xor — biz, millat.
Taqozoyi zamon, har jins kiysa jismig'a loyiq,
Qilib qof-xaltadan koimak-chopon — beor — biz, millat.
O'zi bilmas, sani dushman, sani johil bilur, Hijron,
 
Hayot-u ruh kerakmas — jismidan bezor — biz, millat.